Mazkur tanlovda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-qizlari ham ishtirok etishdi. Xususan, “Turizm faoliyatida logistika” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamroqulova Shahloxon 1-o‘rin, “Turizm faoliyati” yo’nalishi 4-bosqich talabasi Santurova Azizaxon esa 3-o‘rinni egallashdi. Talaba-qizlar o‘z intellektual salohiyati hamda zukkoligi, tashabbuskorligi, mustaqil fikrlarini namoyish etishib, hay’at az’olari, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Hamroqulova Shahloxon mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.