Ruhiy holatingiz izdan chiqdimi? Ichingizni kemirayotgan muammolarni hech kimga aytolmayapsizmi?
Buning yechimi bor!
«Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun @univ_psixologik_xizmat_bot telegram-boti ishga tushdi. Sizni qiynayotgan barcha savollarga psixolog Dildora Turdiyeva javob beradi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Men sizning do‘stingiz, sirdoshingiz bo‘laman. Muammoingizni birgalikda hal qilamiz!