Dushanba, 24 Yanvar 2022 11:25

2022 yil bahorgi semestrga qabul ochildi

Hurmatli abituriyentlar,

Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-yil uchun bahorgi qabul jarayoni boshlanganligini e’lon qiladi va Sizni quyidagi bakalavr ta’lim yoʻnalishlari kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oliy ma’lumot olishga taklif qiladi:

  • Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
  • Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha).

Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: https://admissions.univ-silkroad.uz/ havolasi orqali 2022 yil 24 fevralgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli IELTS (5.5 dan yuqori) / TOEFL (46 balldan yuqori)/ CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Abituriyentlar o’zlari tanlagan yoʻnalishi boʻyicha suhbat asosida qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun universitet rasmiy elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998995922177

+998992749612

+998933483380

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

O'qilgan 4764 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar