Juma, 28 Yanvar 2022 12:06

Turkiyada ta’lim olish va tadqiqot olib borish uchun grantlar e’lon qilindi

Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun “Turkiya grantlari” Xalqaro
talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida
tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon
qilingan.


Kimlar uchun: bakalavriat, magistratura, doktorantura talabalari va ilmiy tadqiqotchilar uchun
Qanday xarajatlar qoplanadi: stipendiya, yotoqxona, universitetga qabul, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta, o‘qish uchun to‘lov, madaniy
va ilmiy dasturlarga qatnashish.

Stipendiya miqdori: bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL),
magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar
uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi
(KATIP)” 2000 TL.

Ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar faqatgina oylik stipendiya bilan
cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” granti oylik stipendiya, yotoqxona,
aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
“Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali
ro‘yxatdan o‘tish mumkin: www.turkiyeburslari.gov.tr

Arizani to’ldirish va qo’shimcha savollar uchun Xalqaro grantlarni jalb qilish bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin:
Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра., tel: +998 97 282 20 82

O'qilgan 4208 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar