×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 24 Fevral 2022 16:12

Turizm va madaniy meros vazirligi vakillari va “Ipak yo‘li” universiteti rahbariyati bilan birgalikda Prezident maktabiga tashrif buyurishdilar

Ma'lumki, 2021-yil 18-oktabr kuni, Samarqand shahar kunida Prezident maktabining tantanali ochilishi bo'lib o'tgan edi. Prezident maktablari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil, 20-fevraldagi "Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilib, iste'dodlarni “kashf etish” hamda bo'lajak liderlarini tayyorlash tizimini yaratishga qaratilgan.

Joriy yilning 24 fevral kuni Turizm va madaniy meros vazirligi hamda "Ipak yo'li" universiteti vakillari Prezident maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu uchrashuvda talabalarni universitet faoliyati, turizm va kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Samarqand shahrida kelgusida bo'lib o'tadigan xalqaro tadbirlar bilan tanishtirdilar.

"Ipak yo'li" universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov o’quvchi yoshlar bilan muloqot chog’ida  ta’kidlaganidek, maktab o‘quvchilari uchun oliy o‘quv yurti va kelajak kasbini tanlash eng mas’uliyatli qarorlardan biridir. Ayni paytda universitetda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida turizm sohasi uchun eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Prezident maktablarining bitiruvchilari Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyoda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan birinchi oliy ta’lim muassasasi -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti talabalari safidan o’rin oladilar deb umid qilamiz.

Yig‘ilishda Turizm va madaniy meros universiteti ilm-fan va ta’lim  boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev nazariya va amaliyot o‘rtasida integratsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish, turizm sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ilm-fan va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish g‘oyat muhim ekanini ta’kidladi, Prezident maktabi o’quvchilariga o’qish va izlanishlarida muvaffaqiyatlar tiladi..

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi va Prezident maktabi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktab o’quvchilariga -“Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros universiteti Smart Campusi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda kutubxonaning kitob fondida to‘plangan noyob kitoblar to‘plamini namoyish etish maqsadida ushbu OTMni ziyorat qilish taklif etildi.

O'qilgan 7537 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1029{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar