Joriy yilning 10-mart kuni Turizm va madaniy meros vazirligining Turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi va Samarqand turizm markazi vakillari bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va uning tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari hamda turizm sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining talaba-o‘quvchilari uchun ZOOM platformasi orqali Samarqand turizm markazida tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar hamda ularda tashkil etilayotgan yangi ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur taqdimot davomida Samarqand turizm markazidagi mavjud vakant ish o‘rinlariga bitiruvchi talaba-o‘quvchilarni ishga qamrab olish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida Samarqand turizm markazining mas’ul xodimlari T. Golikova va A. Ktorov ishtirok etib, ishga qabul qilinadigan mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.
Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar Silkroad-Samarkand (https://job.silkroad-samarkand.com/ ) sayti orqali ma’lumot olishlari mumkin.