Joriy yilning 11-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Turkiya Respublikasi Bosh konsuli – Solih Janer tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad universitetning turizm sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi faoliyati bilan tanishish, shuningdek, Turkiyadagi mehmondo‘stlik, menejment va madaniyatga oid noyob kitoblarni hayriya qilishdan iborat edi. Shuningdek, universitet kutubxona fondiga Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on tashabbusi bilan chop etilgan “Turk taomlari” kitobining noyob nashri sovg‘a qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya hamkorligida ta’lim sohasida erishilgan salmoqli natijalar qayd etildi, ikki mamlakat yoshlarida xalqlar tarixi, madaniyati, tili va an’analariga o‘zaro qiziqish ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.