×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 26 May 2022 16:03

“Ipak yoʻli” universiteti Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi raisi Nargiza Amirova va yaponiyalik mutaxassis Yunikori Yanakidalarni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori – A.A. Abduhakimovning taklifiga binoan, joriy yilning 26-may kuni O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) raisi Nargiza Amirova va yaponiyalik mutaxassis Yunikori Yanakida “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi.

Faxriy mehmonlar universitetning o‘ziga xos ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlaridagi innovatsion modeli bilan tanishtirildi. Universitet imkoniyatlaridan qoyil qolgan Yunikori Yanakida janoblari universitetning innovatsion modeli sezilarli darajada rivojlanib borayotganini va yaponiyalik analoglari bilan raqobatlasha olishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, universitetning birinchi prorektori – prof. J.Eltazarov UJICY vakillari bilan suhbat o‘tkazdi, uning natijasida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish, universitetda ta’lim tizimiga innovatsion dasturlarni integratsiyalash bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, mehmonlar uchun yapon adabiyoti alohida o‘rin tutadigan universitet kutubxonasiga ekskursiya tashkillashtirildi.

Janob Yunikori Yanakidaning so‘zlariga ko‘ra, “Ipak yo‘li” universitetida talabalarning har tomonlama barkamol rivojlanishi, yapon madaniyati bilan yaqindan tanishishi va yapon tilini o‘rganishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.


 

O'qilgan 4056 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1173{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar