×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 15 Iyun 2022 17:24

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel N. Rozenblum “Ipak yoʻli” universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel N. Rozenblum “Ipak yoʻli” universitetiga rasmiy tashrif buyurdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 15-iyun kuni AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel N.Rozenblum rasmiy tashrif bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi. Tashrif AQSH va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga, shuningdek, “Ipak yoʻli” xalqaro universiteti bilan amaliy aloqalarni kengaytirishga bagʻishlangan boʻldi.

Faxriy mehmonni universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitet bilan tanishuv ekskursiya davomida elchida o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, galereyalar va universitet kutubxonasi, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, janob Daniel N. Rozenblum universitet talabalari uchun “Xalqaro va Amerika ta’limining afzalliklari” mavzusida mehmon ma’ruzasini o‘tkazdi. Unda talabalar AQSh universitetlarida o‘qish imkoniyatlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Uchrashuv interaktiv formatda o‘tdi, talabalar AQShda o‘qish va akademik almashinuv imkoniyatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq va batafsil javoblar olishdi.

Tashrif dasturida janob Daniel N. Rozenblyumning va “Ipak yo‘li” universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, prof. R.J. Hoffmann bilan rasmiy suxbati koʻzda tutilgan. Uchrashuvda tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Professor R.J. Hoffmann mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, har ikki mamlakat universitetlari talabalari va o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi 30 yillik rasmiy diplomatik munosabatlar davomida keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan o‘zaro imkoniyatlar g‘oyat kengayib borayotganini ta’kidladilar. Favqulodda va Muxtor Elchi Daniel N.Rozenblum ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. U, oʻz navbatida, muhokama qilingan rejalarni amalga oshirish uchun maksimal darajada harakat qilishini taʼkidladi.

O'qilgan 3523 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1202{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar