Payshanba, 30 Iyun 2022 11:10

Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt

Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt PR & Press Department © All Rights Reserved

“Betakror yurtimizga, oliyjanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish barchamizning sharafli va muqaddas burchimizdir”

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy sohada tayyorlanayotgan materiallarni aholiga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tezkor va sifatli yetkazishni ta’minlash, targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Ma’naviyat festivali”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.

Joriy yilning 29-iyun kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yangi O‘zbekiston — inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qahramonlari, ma’naviyat fidoyilari, olimlar, ziyolilarning yosh avlod bilan uchrashishdi hamda ularning ibratli hayot yo‘li, chekkan sharafli mashaqqatlari, yutuqlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Mazkur kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, san’at va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta bo‘lgan zamondoshimizning umr yo‘llari aks etadi.

Kitob sahifalaridan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, shuningdek, milliy adabiyotimiz, san’at va jamoat arboblari Said Axmad, Ozod Sharafiddinov, Suyima G‘aniyeva, Zikir Muhamadjanov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Malika Abdullaxo‘jayeva, Xasan Normuradov, Lola Murotova singari O‘zbekistonning yangi tarixida munosib iz qoldirgan bir yuz uch nafar shaxslar o‘rin olgan. Ularning ibratli hayot yo‘li, shonli mehnat faoliyati yorqin mayoq singari avlodlar qalbida mangu sharaf timsoli bo‘lib qoladi!

O'qilgan 4027 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar