Juma, 01 Iyul 2022 14:27

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokamasida universitet rahbariyati ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari muhokamasida universitet rahbariyati ishtirok etdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 1-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan onlayn formatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Bugungi muhokamada vazirlik negizidagi barcha quyi tashkilotlar, kollej va texnikumlar ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni referendum yo‘li bilan qabul qilishni taklif qilgan edi.

“Komissiya taklifiga ko‘ra, Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqish va referendum yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman”, — dedi Prezident 20-iyun kuni Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha maxsus komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Davlat rahbari konstitutsiyaviy islohotlar jamoatchilik fikri va O‘zbekiston xalqining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.

O'qilgan 3309 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar