×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 07 Iyul 2022 16:17

Birlashgan Arab Amirliklarining “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi vakillari “Ipak yoʻli” xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurishdi

Birlashgan Arab Amirliklarining “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi vakillari “Ipak yoʻli” xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurishdi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 7-iyun kuni “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasining boshqaruvchi direktor Maykl Berlua, davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha katta menejeri Hiba Xalil, davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Anastasiya Novikova, tarmoqlarni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Adria Rabassa, aeroportni rivojlantirish bo‘yicha menejer Akos Palenksar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Birlashgan Arab Amirliklaridagi vakolatxonasi direktori Sarvar Hamidovlardan tashkil etilgan delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

“WizzAir Abu-Dhabi” (BAA) vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov rasmiy suhbat o‘tkazdi. Davra suhbatida O‘zbekiston aviakompaniyalari va “WizzAir Abu-Dhabi” havo bandargohlari tarmog‘i o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida yangi havo yo‘laklarini ochish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlatda xalqaro turizmni rivojlantirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Havo qatnovi uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali Oʻzbekistonga BAAdan sayyohlar tashrifini oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashrif davomida faxriy mehmonlar “Ipak yo‘li” universiteti imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Mehmonlarning ta’kidlashicha, universitet kampusining qulay infratuzilmasi, yuqori texnologiyali imkoniyatlar va boy kutubxona ularda katta taassurot qoldirdi. “WizzAir Abu Dhabi” vakillari ta’kidlaganidek, yaqin orada Birlashgan Arab Amirliklaridan talabalar universitetning chet ellik talabalari safini toʻldirishida umidlari komil.

O'qilgan 4147 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1224{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar