×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 22 Iyul 2022 09:39

ShHTga a’zo bir qator davlatlarning tasviriy san’at ijodkorlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi

Samarqand shahri boʻylab 2 haftalik gastrol safari doirasida Rossiya, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston sanʼat ustalari “Ipak yoʻli” universitetiga tashrif buyurishdi.

Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimovning shaxsiy kutubxonasidan hadya qilingan san’atga oid kitoblar to‘plami mehmonlarning alohida e’tiborlarini tortdi.

Aytish joizki, ikki hafta ichida san’at ustalari universitetning maxsus tayyorlangan studiyalarida ijod qiladilar. Rassomlar o‘z rasmlarida Samarqand madaniyati va an’analarining o‘ziga xosligini aks ettirish niyatida.

Keyinchalik ushbu asarlar universitet galereyasida faxriy joyni egalaydi. Aksiya O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida o‘tkazilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ShHTning navbatdagi sammiti 2022-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

O'qilgan 2791 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1227{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar