×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 17 Avgust 2022 15:32

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti vakillari universitetimizga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 16 avgust kuni rektor, professor, pedagogika fanlari doktori Yusuf Abdullayev boshchiligidagi Samarqand xalqaro texnologiya universiteti vakillari "Ipak yo'li"xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurishdi.

Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Ekskursiya davomida mehmonlarga xalqaro universitetlar va turizm tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar amaliy mehmonxona xonalari, bar-restoranlardan iborat o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi, konferents-zal, lingafon xonalarini, shuningdek, galereyalarda o'rnatilgan Buyuk Ipak yo'lining noyob tarixiy elementlari bilan tanishdilar.

Mehmonlarda madaniy merosni asrab-avaylashga bag‘ishlangan noyob kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bilan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rasm san’ati, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng qisqa vaqt ichida kutubxonaga 20 mingga yaqin dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan kitob yetkazib berildi.

Ta'kidlash joizki, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti tez orada ilg'or muhandislik bilimlari, ijodiy fikrlash, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko'nikmalariga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun o'z eshiklarini ochadi.

O'qilgan 5598 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1239{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar