×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 18 Avgust 2022 11:10

Ipak yo'li universiteti talabalari “Yoshlar turizmi” qurultoyida ishtirok etdi

Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida 8-12-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “Yoshlar turizmi” qurultoyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitetining bir guruh talabalari ham kungilli volontyor sifatida ishtirok etdi. Ushbu loyihada ishtirok etish talabalarda turizm sohasidagi ommaviy tadbirlarni tashkil etishdagi tajribalarini oshirishga xizmat qildi.

Qurultoy dasturi doirasida Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 700 dan ortiq delegatlar ishtirokida kitobxonlik kunlari va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy meros sohasidagi loyihalar, uchrashuvlar, gala-konsert va, albatta, turizm ob’ektlariga sayohatlar uyushtirildi.

Ta'kidlash kerakki, Yoshlar turizmi qurultoyi ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Mazkur qurultoy Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlar uchun yangi tanishuvlar, o'zaro tajriba almashish imkonini yaratdi. O'zaro bellashuvlar esa yoshlar o'rtasidagi do'stlikni yanada mustahkamladi. Yoshlar qurultoyi umidli, iqtidorli yoshlar uchun chinakam imkoniyatlar maydoniga aylandi.

O'qilgan 2496 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1242{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar