×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 29 Avgust 2022 16:54

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida “Sog’lom ayol-mamlakat kelajagi” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova tashabbusi bilan universitet shifokori S. Tosheva bilan hamkorlikda universitetda ishlayotgan ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda nevropatolog, kardiolog, akusher-ginekolog, jarroh, oftalmologning ishtiroki, ultratovush apparati yordamida tekshiruvlar sog‘liqni saqlash holatidagi o‘zgarishlarni, shuningdek yashirin kasalliklarni aniqlashga yordam berdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yildi. Tekshiruv davomida 85 ga yaqin xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ma‘muriyat, shuningdek, "Ipak yo‘li" universiteti ayollar kengashi raisi M. Abbosova Samarqand shahar 2-sonli poliklinikasi shifokorlariga D.A.Rasulovа (nevrolog), M.O.Hamdamovа (LOR), N.Sh.Davidova (ginekolog), B.A.Baykabaeva (oftalmolog), N.P.Rabbimov (jarroh) shuningdek, hamshiralar Z.A.Salimova, O.M.Bekmuxamedova, Sh.Murtazaeva, M.Kudratova, N.Xolikova, Yu.S.Fayzullayevalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

O'qilgan 2290 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1248{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar