×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 21 Sentyabr 2022 16:10

“Mustaqillik - eng ulug’ va eng aziz ne’mat” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi

Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Joriy yilning 21 sentyabr kuni Turizm va madaniy meros vazirligi xodimlari, "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti professor-o'qituvchilari, hamda Turizm va madaniy meros texnikumlari xodimlari uchun “Mustaqillik - eng ulug’ va eng aziz ne’mat” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov, shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirligi turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev so'zga chiqdi.

 “Mustaqilligimiz va istiqlolimiz islohotlari sifatida respublikamizda yirik ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob’yektlari qurilib, foydalanishga topshirilayotgani xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilyapti”, - dedi o‘z nutqida J.Eltazarov.

“Mamlakatimizdagi bunyodkorlik, jo‘shqinlikning asosiy sababi, eng avvalo, mustaqillik bergan huquq va erkinlik hamda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan oqilona islohotlar samarasidir, shu jumladan turizm sohasida ham”, – deydi Turizm va madaniy meros vazirligi turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev.

Tadbirda mustaqillik tufayli respublikamizda amalga  oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarga, xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, ko‘rsatilayotgan g‘amxurliklar, tinchlik  qadri, millatlararo totuvlik, "Inson qadri  uchun"  ulug‘vor  g‘oyasi  asosida  amalga oshirilayotgan bunyodkorlik  ishlari,  davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona tinchlik siyosatiga insonlar qalbidagi shukronalik hissi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida masalalar muhokama  qilindi. 

O'qilgan 2307 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1274{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar