×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 27 Sentyabr 2022 11:12

“Zamon bilan hamnafas yashash lozim, lekin, nufuzli oliy taʼlim dargohining talabasi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, odob-axloq qoidasiga binoan kiyinishi va belgilab qo‘yilgan tartibga rioya qilishi lozim”

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Week” doirasidagi tadbirlari doirasida universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshligʼi N.Аbduvaxidova joriy yilda talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni “Kiyinish Odoblаri” bilan tanishtirdi.

Tadbir davomida N.Аbduvaxidova talabalarga - Bugungi shiddatli davr yosh avlodga zamonaviy taʼlim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, maʼnaviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʼoyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e‘tibor berish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, universitetda kiyinish madaniyatiga ham katta e‘tibor berish talab qilinmoqda.

Insonning kiygan kiyimi atrofdagilarda u haqidagi ilk taassurotni paydo qiladi. Kiyinish madaniyati atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan munosabatimizni ifodalaydi. Libos kishining didi, dunyoqarashi hamda xulq-atvoridan darak beradi. Kiyim inson maʼnaviy dunyosining bir qismi. Undagi har bir element aslida o‘zimiz to‘gʼrimizda so‘zlashini taʼkidladi.

O'qilgan 3436 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1279{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar