“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida joriy yilning 26-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.S.Abbasova tomonidan 2022/2023 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan barcha ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlarni ayniqsa bu yil 1-bosqichga qabul qilingan talaba-qizlar va ularning ota-onalarini universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan qutlab, mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad talaba-qizlarni va kengash a’zolarini kengash faoliyati bilan tanishtirdi.
Shundan so’ng kengash raisi yig’ilish ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini to‘liq yoritib berdi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning haq-huquqlari qonuniy manfaatlari himoyada ekanligi takidlab o’tildi.