Juma, 14 Oktyabr 2022 17:33

“Ipak yo’li” universiteti vakillari gastronomik turizmni o‘rganish bo‘yicha VI xalqaro kongressda (UGTAK) ishtirok etishdi

Joriy yilning 6-9 oktyabr kunlari ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig’i N.Mansurova va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidikova Afyon-Karaxisar (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tgan gastronomik turizmni o‘rganish bo‘yicha VI xalqaro kongressda ishtirok etishdi.

Uch kunlik ilmiy sessiyalar davomida “Ipak yo‘li” universiteti vakillari  “Gastronomy tourism in Uzbekistan”- M.Sidikova, “Сharacteristics and development tendencies of gastronomic tourism in the global economy”- N.Mansurova kabi ma’ruzalar qildilar.  Ushbu sohadagi mutaxassislar yaqin do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga va gastronomiya bo‘yicha tajriba almashishga muvaffaq bo‘lishdi.

Hindiston, Bangladesh, Indoneziya, Shri-Lanka, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Tunis, Jazoir, Qozog’iston, Qirg’iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarning 200 dan ortiq olimlari ishtirokida jami 132 dan ortiq maqolalar taqdim etildi.

Ushbu Kongressning maqsadi gastronomik tadqiqotlarni rivojlantirish, ushbu sohaga tegishli tadqiqotchilarni birlashtirish va gastronomik turizm markazida akademik hamkorlikni kengaytirishdir.

O'qilgan 2151 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar