Payshanba, 20 Oktyabr 2022 17:16

Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi janob Fujiyama Yoshinori “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasiga yangi noyob kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori janoblari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Fujiyama Yoshinori janoblari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A.Abduhakimov bilan rasmiy suhbat o‘tkazdi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Rektor mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi Fujiyama Yoshinori universitet kutubxona fondiga noyob ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini sovg‘a qildi. Taqdim etilgan kitoblar Yaponiyaning turizm, madaniyat va urf-odatlarga oid soʻnggi tadqiqot ma’lumotlarini mavjud bo'lib, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida katta foyda berishi shubhasiz.

O'qilgan 2495 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar