“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Tillar” kafedrasi hamda “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar” bo‘limi tashabbusi bilan universitet talabalari o‘rtasida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Zakovat o‘yinida 50 ga yaqin ishtirokchi til, o‘zbek tili va leksikologiyaga doir berilgan savollar bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, 1-o‘rinni “Omicron” jamoasi, 2-o‘rinni “Pantagram” jamoasi, 3-o‘rinni “Urfan” jamoasi qo‘lga kiritdi. Gʻolib jamoalarning a’zolari va intellektual o‘yinda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar esdalik sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.