×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 28 Oktyabr 2022 18:03

O‘zbekistonda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi “dolzarb 40 kunlik” yoki “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari – yashil makon uchun!”

O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil 20-oktabrdan “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlanishi xabar berilgandi. 

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tashabbusi bilan  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari – yashil makon uchun!” aksiyasiga start berildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2021-yilda e’lon qilingan “Xalqaro tog‘larni barqaror rivojlantirish yili”, BMTning ekotizimlarni tiklash xalqaro o‘n yilligi (2021-2030)ni qo‘llab-quvvatlash hamda tog‘larning o‘ziga xos tabiatini asrab-avaylash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda Jamoat ekologiya uyushmasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari va tashkilotlari tashabbuskor guruhlari hamkorligida Samarqand tumanining Ohalik hududida universitetning mahalliy va xorijiy talabalari Italiya, Tojikiston, Hindiston, Iran, Bangladesh, Qozogʻiston, Bangladesh, Belorussiya, Tojikiston, Malayziya, Rossiya davlatlaridan kelib oʻqiyotgan magistrantlari ishtirokida 180 ga yaqin pista kuchatlari ekildi.

Aksiyaning asosiy maqsadalaridan biri tabiatni asrash va yoshlarimizga ekomadaniyat tushunchasini singdirishdir.

O'qilgan 2368 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1333{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar