Juma, 11 Noyabr 2022 15:04

Samarqand shaxrida o‘tqazilayotgan “Ziyorat turizmi xaftaligi” doirasida “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universiteti va Yaponiyanining Vakayama Universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

“Ziyorat turizmi xaftaligi” doirasida kelgan bir qator mehmonlar orasida Yaponiyaning Vakayama univesiteti Prezidenti janob Itoh Chichiro boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universiteti va Yaponiyanining Vakayama Universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Imzolangan bitimga ko‘ra, ikkala universitet tomonidan talabalar almashinuvi prorammasi (student exchange) bo‘yicha 2023 akademik yildan boshlab “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetidan 2 nafar talabani Vakayama universitetiga o‘qishga yuborishi, hamda Vakayama universitetidan 2 nafar talaba “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy meros xalqaro universitetiga kelib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatma: 2020 yil 16 dekabr kuni Yaponiyadagi Vakayama universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida  xamkorlik memorandumi imzolangan

O'qilgan 2098 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar