North-West universitetining 120 yillik yubileyi doirasida Onlayn hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va North-West universiteti oʻrtasida “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” ni tashkil etish toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ma’lumot uchun: “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” bu “Xitoy va Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xitoy ilmiy-texnologiya vazirligi bu ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni tayyorlash va madaniy almashinuv bo'yicha yetakchi xalqaro markazdir.
Marosimda har ikki universitet vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A. Abduhakimov nutqi davomida North-West universiteti prezidenti janob Guo Lixonga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.