Juma, 18 Noyabr 2022 13:30

Tillar” kafedrasi mudiri PhD. dots. v.b. T.I. Sultanovning Toyloq tumani “Zarafshon” MFYda “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallada tadbir o’tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyati mahallalarida har hafta o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar doirasida Universitet o‘qituvchisi T.I. Sultanov Tayloq tumani “Zarafshon” MFYga ishchi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mahalla faollari bilan birgalikda mahalla yoshlari suhbatlar uyushtirildi va koʻmakka muhtoj oilalarga hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohatlar va  keng imkoniyatlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktabi oʻquvchi yoshlariga  universitetdagi mavjud ta’lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  Mahalla faollari bilan kelajakdagi rejalar muhokama qilinib, qilinishi kerak boʻlgan ishlar belgilab olindi.

Suhbat davomida yoshlarga hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va  keng imkoniyatlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahallada uyushgan va uyushmagan yoshlarni universitetimizdagi mavjud ta’lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  Kelajakda ularni kasb – hunar tanlashlariga yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Uyushgan va uyushmagan yoshlar bilan davra suhbati davomida mahallada monitoring oʻtkazildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan uslubiy koʻmak berildi. Yoshlarning OTMga kirish va tanlagan kasbi boʻyicha qiziqtirish, toʻgʻri yoʻnalishlar berish haqida yoshlar bilan savol-javoblar oʻtkazildi va fikr-mulohazalar almashildi. Tashrif juda sermazmun va tafsilotlarga boy tarizda oʻtkazildi.

“Zarafshon” mahalla fuqarolari va yoshlar tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqarolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi. Mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi. Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.

O'qilgan 1798 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar