×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 24 Noyabr 2022 12:14

Magistrantlar tomonidan tashkil etilgan “Qadriyatlar qadri” ko‘rgazmasi!

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri.

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri. Olimlar qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga shartli bo‘ladilar.  Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Ammo bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham o‘z milliy moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har qanday millat o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi.

Tabiiyki, millatlarning bebaho qadriyatlari shunchaki bir-ikki yoki o‘n-yigirma yil ichida paydo bo‘lib qolmaydi. Chunki xalq diliga chuqur o‘rnashgan biror-bir muhim urf-odat, kiyim-kechak, kundalik hayot tarziga xos alohida “narsa”ning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq asrlarni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida ma’lum bir qarash, odat, tushuncha, tajribalar shafqatsiz zamonlar, bir necha avlodlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tsagina yanada sayqal topadi, rivojlanadi, xalq hayotida o‘z o‘rnini egallaydi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Madaniy meros” kafedasi katta o‘qituvchisi Odiljon Boynazarov tomonidan  madaniy meros yo‘nalishida tahsil olayotgan mahalliy va xorijiy magistrantlar uchun  Mid Term- imtihonlarini saralash bosqichini topshirish uchun, madaniy qadriyatlar bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash  vazifasini berdi, magistrantlar bunga ijodiy yondashib, taqdimot - ko‘rgazma shaklida tashkil etildi.

Xorijiy magistrantlar tomonidan zamonlar baland-past dovonlaridan o‘tgan qadriyatlar, insonlarni tinchlik-totuvlikka, mehr-oqibatga, ezgulikka, hamjihatlikka chorlaydigan katta ma’naviy kuchga ega bo‘lgan sur’atlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 Mahalliy magistrantlar tomonidan esa turli millatning kundalik hayotida, madaniyati va ma’naviyatida, ongu shuurida, o‘zaro madaniy muloqotida, boshqalarga bo‘lgan munosabatida, har bir tashlagan qadamida o‘z ifodasini topgan qadriyatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Magistrantlar bu ko‘rgazma orqali, jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-tarixiy hodisalarga turlicha munosabatda yondashish natijasida insonlarning dunyoqarashi, turmush tarzi, mentaliteti shakllanishi barobarida, milliy qadriyatlar ham takomillasha borishini ko‘rsatib berishdi.

 Yoshlarimiz ko‘rgazmada har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab olishdi. Shu orqali, qadriyatlar millatlarning ma’naviy qiyofasi ekanligini yana bir bor e’tirof qilishdi. Ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mamlakatimiz mustaqillikga erishgach zahmatkash xalqimizning tarixiy xotirasini, qadimgi urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini tiklash va e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish bo‘yicha ko‘plab ishlarni  amalga oshirishmoqda. O‘qituvchilarimiz bu jarayonda faqat tubjoy aholisininggina tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanilmasdan, shu yurtda istiqomat qiluvchi yuzdan ortiq millat va elatlarning ham nodir qadriyatlari kamol topishiga ham alohida e’tibor qaratishmoqda. Ta’lim jarayonida esa, talabalarga qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanligini o‘rgatishmoqda. Shuningdek, yoshlarimizga azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, o‘zaro hurmat, birodarlik, bag‘ri kenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar,  har bir talaba  tomonidan amalda e’zozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qo‘shib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartlardan ekanligi o‘rgatilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil qilgan barcha magistrantlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

O'qilgan 2279 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1379{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar