Juma, 25 Noyabr 2022 13:08

“Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Biz OITS ga qarshimiz!” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  “OITSni yo‘q qilish va pandemiyani to‘xtatish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Viloyat OITSga qarshi kurash markazi uslubiy prafilaktik va epidemiyaga qarshi  ishlarni tashkillashtirish bo‘limi sanitariya vrachi A.U.Jo‘rayev, Yoshlar bilan mahallaby shlash a tadbirlar bo‘limi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

▪️ OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi (diareya), og‘iz bo‘shlig‘i va turli a’zolar yallig‘lanishi, xavfli o‘smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato. Organizmning viruslar bilan mahv etilishi natijasida immun tizimi o‘z vazifasini bajara olmaydi, natijada inson har qanday tashqi ta’sirga sezuvchan bo‘ladi, oddiy kasalliklarni ham og‘ir kechiradi. Organizmning kurashuvchanligi yo‘qolgani bois yondosh kasalliklar rivojlanib boraveradi. Tadbirda mutaxassislar mazkur kasallikning kelib chiqish sabablari, yuqish holatlari hamda unga qarshi kurashishning samarali yo‘llari haqida ma’ruza qildilar. Shuningdek, mavzu doirasida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi.

O'qilgan 1854 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar