“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudova Zarina tomonidan 1-kurs, Tour-121 guruhi talabalari uchun ochiq dars tashkil qilindi. Darsga Malika Praym mehmonxonasi menedjeri Anna Vladimirovna, Grand Samarkand Superior mehmonxonasi menedjeri Ismatova Zarnigor va Turizm menejmenti kafedrasi mudiri dots. v.b. Akmaljon Odilov va kafedraning professor-o‘qituvchilari taklif etildi.
Ochiq darsni “Turizm menejmenti” kafedrasi muduri, dots. v.b. Akmaljon Odilov ochib berib, ilm-fan amaliyot bilan uyg’un holatda tashkil etilishining zarurati haqida fikr bildirdi.
Ochiq dars talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni malakali soha mutaxassislari bilan muhokama qilib olishga imkon yaratdi. Shuningdek, har ikkala menedjerlar o‘z faoliyatlariga oid talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.
Dars so‘ngida mehmonlar talabalarni ochiq dars davomida muhokama qilinganlarning barchasini mehmonxonaning o‘zida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zlari faoliyat olib borayotgan mehmonxonaga amaliy tashrif bilan borishga chaqirdi.