Juma, 16 Dekabr 2022 17:52

Xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirish va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish mavzusida webinar

          “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan universitetimiz professor o‘qituvchilari, doktorantlari mustaqil izlanuvchilari hamda talabalari uchun xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sifatini oshirish maqsadida webinar o‘tkazildi. Webinarda Amerika Qo‘shma Shtatlari George Washington universiteti, Mehmondo‘stlik sanoati boshqaruvi hamda Biznes maktablari professori, Dr Larry Yu o‘zining Scopus va Google Scholarda indexlanuvchi Tourism Management, Journal of Travel Research, International Journal of Hospitality Management, International Journal of Contemporary Hospitality Management, Tourism Geographies, Event Management, Journal of Hospitality Marketing and Management, Journal of Heritage Tourism, Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly, Journal of Hospitality and Tourism Research kabi top jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Webinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

O'qilgan 1857 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar