Ma'lumki, shu yil 6-fevral kuni Turkiya Respublikasining sharqiy qismida yuz bergan kuchli yer qimirlash tufayli 10 dan ziyod shaharlar va boshqa aholi punktlari vayron bo'ldi, 4500 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 27.000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu munosabat bilan Turkiya Respublikasida bir haftalik motam e'lon qilingan. Xorijdagi Turk elchixona va konsulxonalarida ta'ziya daftarlari ochilgan va hamdardlik tadbirlari o'tkazilmoqda. Universitetimizning Birinchi prorektori prof. Jo'liboy Eltazarov 7 fevral kuni Samarqanddagi Turkiya Respublikasi konsulxonasiga tashrif buyurib, konsul Salih Janer janoblariga ''Ipak yo'li' Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomidan ta'ziya bildirdi. bu yerdagi hamdardlik daftariga qardosh turk xalqiga tinchlik va omonlik tilaklarini yozib, imzoladi.