Seshanba, 14 Fevral 2023 15:30

Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda

Joriy yilning 14-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mutafakkirlarning merosi va ruboiylari o‘qildi. Shuningdek, raqslar ijro etildi.

O'qilgan 1228 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar