Payshanba, 16 Fevral 2023 13:25

Birlashgan arab amirliklari dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan viii ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining umumiy assambleyasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari ishtirok etishdi

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida bo‘lib turgan universitetimiz vakillari Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovna va universitet talabasi Ramziddin Ergashevlar VIII Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘ining umumiy assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbir davomida BAAdagi Kanada universiteti Dubay kampusida bo‘lib o‘tgan “Sun’iy intellekt (AI) va kata ma’lumotlar (BD) davridagi universitetlarning roli: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etgan. Universitetimiz vakillari konferensiyaga tashrif buyurgan hamkor universitetlar bilan birga tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilishdi va aniq yo‘nalishlari belgilab olishdi.

O'qilgan 1188 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar