×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 02 Mart 2023 16:08

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ldi

O‘zbek adabiyotining bugungi taraqqiyotida qariyb 90 yillik tarixga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi nufuzli ijodiy tashkilotlardan biri hisoblanadigan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining munosib o‘rni bor. Mustabid tuzum davridagi turli mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan, ushbu ijodiy uyushma millatimizning ruhi bo‘lgan ona tilimiz, azaliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va avlodlarga bezavol yetkazish, xalqimizning ong-u tafakkurini yuksaltirish, mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini yaratish, so‘z san’atkorlarini birlashtirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida munosib ishlarni amalga oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, jamg‘armalar, ilmiy va ijodiy uyushmalar, davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradigan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining hozirgi kunda jami 644 nafar a’zosi bor.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Jo‘liboy Eltazarov ona tilimiz, tariximiz, madaniyatimiz bilan bog‘liq azaliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va avlodlarga bezavol yetkazish, xalqimizning ong-u tafakkurini yuksaltirish borasida O‘zbekiston va chet ellarda e’lon qilgan 20 dan ortiq kitoblari, yuzlab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan, “O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI”ga a’zo etib saylandi.
A’zolik guvohnomasi senator Farmon Toshev va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand filiali rahbari Toshpo‘lat Tugalov tomonidan taqdim etildi.
Qayd etib o‘tish kerakki, olim bir nechta Xalqaro ilmiy uyushmalar a’zosidir. Jumladan, 2020-yilda u M.K.Otaturk tomonidan asos solingan Turk Dil Kurumuga (Türk tili akademiyasi) muxbir a’zo etib saylangan edi.

O'qilgan 1768 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1495{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar