×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 09 Mart 2023 10:16

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchi, talaba va xodimlari uchun Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida o‘quv-seminar

Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan  “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  professor-o‘qituvchi, talaba va xodimlari uchun Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot Faoliyati havfsizligi” o‘quv markazi o‘qituvchilari Turdiqulov Anvar va  Adilov Sanjarlar “Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” haqida, zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali yaratilmagani, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘qligini ta’kidlab, zilzila vaqtida birlamchi qoidalar haqida maruza qilib o‘tishdi.

Zilzila vaqtida birlamchi qoida bu:

- vahimaga tushmaslik, inson agar bino ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul tagiga kirib olish va shu yo‘l bilan tepadan qulashi mumkin bo‘lgan narsalardan (masalan, devor parchasidan) himoyalanish;

  • eshik tagida (eshik joylashgan oraliqda) turib olinishi — ular binoning boshqa qismlariga qaraganda mustahkamroq bo‘lishi;
  • inson agar zilzila vaqtida tashqarida bo‘lsa, bino, daraxt, suv yoki elektr simlariga yaqin bormasligi — elektr uzatkichlari suvga qulashi natijasida unga yaqin turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin;
  • inson agar zilzila vaqtida mashinada bo‘lsa, mashina ichidan chiqmaslik, lekin u bino, devor yoki boshqa qulashi mumkin bo‘lgan obyekt yaqinida turgan bo‘lsa, tashqariga chiqib, avtomobilning yonida cho‘kkalab turib, zilzila to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz joydan chiqmasdan, biroz kutib turish lozimligi haqida tushintirib o‘tildi.
O'qilgan 1367 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1510{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar