×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 14 Mart 2023 12:42

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 13-mart kuni “Prorektor va talabalar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yosh avlod ta’lim olishga, hunar o‘rganishga chanqoq ekanliklarini namoyon etib kelmoqda. Bu jarayonda oliy ta’lim tizimi talabalarining erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etish joiz.

Oliy ta’lim maskanlarida rektor, prorektorlar va talabalar, uch avlod uchrashuvlari, bo‘sh ish o‘rni yarmarkalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday “Prorektor va talabalar” uchrashuvi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov,  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Jozef Hoffman va universitetning barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. 

Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov hozirgi o‘quv, ilmiy va ma’naviy jarayon haqida qisqacha axborot berdi. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi boshlandi. Unda talabalar turli yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha muammolarni rahbarlar e’tiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladilar. Uchrashuvda bir qator muammolar o‘z yechimini topdi, qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

“Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlarga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish bu bizning oldimizdagi ulkan vazifa hamda majburiyatimizdir” – deya ta’kidladi Jo‘liboy Danabayevich. Uchrashuvda  “Turizm menejmenti” fakulteti faoliyati tahlil qilinib, talabalar davomati, kiyinish madaniyati, dars jadvali va ta’lim sifati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv mamlakatimiz yoshlari orasida keng tarqalgan talaba-yoshlarning ish bilan bandligi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar doirasidagi savol-javob hamda takliflar asosida o‘tdi.  Masalan, talabalar dars jadvalini optimallashtirish, basketbol jamoasini tashkil etish kabi ko‘plab takliflar to‘liq qabul qilinib, ertangi ish kunidan boshlab ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, universitet rahbariyati yoshlar muammolarini doimiy o‘rganishi, muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin ekanligi bildirildi.

Uchrashuv yakunida birinchi prorektor J.Eltazarov universitetda an’anaga aylangan “Prorektor va talabalar”  uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati bo‘lsa, qabul qilish uchun eshigi ochiq ekanini bildirdi.

O'qilgan 2059 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1529{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar