×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 28 Mart 2023 09:32

Samarqand bilan qardosh Nara shahri fuqarosi Yapon klubi a’zolari tomonidan tashkillashtirilgan kampusimiz bo‘ylab virtual sayohatdan bahramand bo‘ldi

Yaponiyaning qadimiy poytaxti (milodiy 710-794-yillar) Yaponiyaning Nara shahri 2022-yil noyabr oyida Samarqand bilan qardosh shaharga aylandi. Qardosh shahar munosabatlarimizni mustahkamlash uchun tashkil etilgan tadbirlaridan biri sifatida 17-mart kuni Samarqand boʻylab onlayn sayohat tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. (Yaponiyalik onlayn ishtirokchilar - taxminan 1000 kishi).

Nara Siti Turizm va Iqtisodiyot Departamenti "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan (Doktor Soono tashkil etgan) o'zlarining shahar tadbirida Nara shahri aholisiga kampusimizni ko'rsatishni so'radi. Yapon klubi bizning kampusimizni yapon tilida tanishtirish uchun videoklip suratga olishga kelishib oldi. Talabalar yapon tilida o‘z ssenariylarini yaratdilar va uni video tasvirlarga  oldilar.

Tadbir 17-mart, juma kuni soat 18:00da (O‘zbekiston vaqti bilan 14:00 da) Nara shahar zalida bo‘lib o‘tdi. Yapon tomoshabinlariga bizning kampusga uyushtirilgan sayohat juda yoqdi. Savol-javob sessiyasida talabalar o‘zlarini yapon tilida ham tinglovchilarga tanishtirdilar. Bu go‘zal kampusimizni va talabalarimizning til bilimlarini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Universitetning Yapon tili klubi prezidenti Farzona, boshlovchilar Jahongir, Asad va video klipni montaj qilgan Shahrizodaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 (Doktor Fumoto Soono va doktor Chiharu Tsurutanilar rahbarligida tashkillashtirildi.)

O'qilgan 1396 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1548{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar