×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 27 Aprel 2023 14:40

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kim Hi-sang “Ipak yo‘li” xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kim Hi-sang boshchiligidagi delegatsiyasi “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni birinchi prorektor J.Eltazarov kutib oldi. Uchrashuv davomida Koreya va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish surʼatlarini oshirish, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash kabi loyihalarni ilgari surildi. Janob Kim Hi-sang o‘z nutqi davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari asosan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga qaratilganligini va hozirgi kunga kelib zamon talablaridan kelib chiqib turizm va madaniy meros yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Koreya va Oʻzbekiston asosan uch yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga maqsad qilib olinganligini eslatib o‘tdi:

  • Rejalashtirilgan 900 dona Koreys madaniyati va tilini o‘rgatuvchi kitoblarni universitet kutubxonasiga taqdim qilish.
  • Korea Cultural Heritage Foudation (KCHF) agentligining arxeologi va restovratsiya mavzusida professor–o‘qituvchilarning universitetimiz talabalariga maruzalar o‘qishlarini tashkil etish va mazkur agentlik qoshida izlanish olib borilayotgan obyektlarda universitet talabalarining birgalikda amaliyot o‘tashlarini taminlash.
  • taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda talabalar almashinuvi muhim jihati boʻlgan, shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash bo‘yicha kelishuvlarga kelish.
O'qilgan 2024 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1637{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar