Juma, 28 Aprel 2023 13:11

Universitet o‘qituvchilari AQSh elchixonasi Fulbrayt dasturi koordinatorlari tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish seminarida ishtirok etishdi

Amerika elchixonasining Fulbright ta’lim va madaniyat dasturi asosida 2023-yil 7-8-aprel kunlari tashkil etilgan malaka oshirish seminarida Fulbright ETA (ingliz tili o‘qituvchi yordamchisi) Chanel Nassir va “Ipak yo‘li” turizm va nadaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Gulruh Yusupova ishtirok etishdi.

Seminarning asosiy maqsadi mahalliy hamda Fulbright ingliz tili o‘qituvchi assistentlarini o‘z darslarida amalga oshirish uchun yangi fikrlar va usullar bilan ta’minlash, ularning professional faoliyatini rivojlantishga yordam berishdan iborat. Seminarda amerikalik yuqori malakali tajribali mutaxassislar ma’ruza o‘qishdi. O‘qituvchilar esa malaka oshirish bilan bir qatorda kasbdoshlari bilan turli mavzularda fikr almashishdi. Seminar ishtirokchilari sertifikat bilan taqdirlandilar.

O'qilgan 1258 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar