×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 02 May 2023 12:55

Lider qizlar – jamiyat kelajagi

Joriy yilning 1-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan “Lider qizlar” klubi a’zolarining “Lider qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirga “Vatanparvar” mahallasi Xotin-qizlar maslahatchisi N.Norqulova, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova, universitet amaliyotchi psixologi D.Turdiyeva, klubning faol a’zosi D.Obidova taklif qilindi. Moderator M.Abbasova yig‘ilishni ochib berib, faollik, tashabbuskorlik bugungi kun talabi, omadli va baxtli hayot kaliti ekanligini tushuntirib o‘tdi. N.Abduvaxidova o‘z nutqida bugungi kunda ayollarning jamiyatdagi mavqei, o‘rni haqida so‘z yuritib, boy hayotiy tajribasi va qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

     Tadbir mehmoni N.Norqulova mahalla va oila institutining ayollarning jamiyatdagi o‘rnini belgilovchi omil, farovon turmush ramzi ekanligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Sirtqi bo‘limning 2-kursida o‘qish barobarida yana ikkita xorijiy (Germaniyaning Berlin instituti xalqaro huquq kursi, Malayziyaning Linkoln universiteti) oliy ta’lim muassasasida tahsil olishga ulgurgan faol talaba D.Obidova o‘z yutuq va muvaffaqiyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi va talaba qizlarga ulkan motivatsiya berdi.

     Universitet psixologi D.Turdiyeva yetakchilik qobiliyati, xususiyatlari, ularning psixologik mezonlari haqida atroflicha ma’lumot berib, “Liderlik – omad kaliti” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi. Tadbir barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

O'qilgan 1372 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Foto

{gallery}1645{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar