O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashqi baholash jarayoni boshlandi.
Mazkur tashqi baholash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 97-sonli buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son qarori hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-yil 27-yanvardagi “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3214-sonli qo‘shma qarori asosida joriy yilning 22-31-may kunlari amalga oshiriladi.