×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 26 May 2023 10:27

Muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida talabalar uchun o‘ziga xos “Biznes marafon” motivatsion trening tashkil etildi

Samarqand shahridagi yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion treninglari tashkil etilmoqda. Ushbu treninglarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari ham ishtirok etdi. Trening davomida ishbilarmonlar o‘z tajribalari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish qoidalari va muvaffaqiyatga erishish sirlari, bu yo‘lda boshidan kechirgan mashaqqatli mehnat onlari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznesda ustoz va shogirdlikning o‘rni, investitsiya jalb etishdagi ustuvor yo‘nalishlar hamda marketingni samarali yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Trening yakunida talabalar ham mazkur soha bilan shug‘ullanish davomida o‘zlari uchragan muammolarga qanday yechim topish borasida savollar yo‘llab, tadbirkorlardan foydali va muhim bo‘lgan javoblarni olishdi.

O'qilgan 1102 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Foto

{gallery}1695{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar