×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 01 Iyun 2023 10:03

Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun!

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Talaba-qizlar bilan ishlash tizimi, qizlarning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida 2023-yil 1-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti xotin-qizlar Kengashi raisi M.Abbasova hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidovalar hamkorlikda “Aynan nima sizda minnatdorchilik hissini uyg‘otadi?”, “Hayotingizdagi maqsadingiz?”, “O‘z xoxishingiz bilan bu kasbni tanlaganmisiz?” nomli mavzularida bo‘lib o‘tgan davra suhbati talaba-qizlarimizning oila va jamiyatdagi o‘rni haqidagi fikrlarga bag‘ishlandi.

Davra suhbatini Xotin qizlar Kengashi raisi M.Abbasova oilali, farzandi bor talaba-qizlarni 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, A.Avloniyning “Qizlar bilim olishga hammadan koʻproq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar”, degan jumlasi bilan ma’ruzasini boshladi va talaba-qizlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amalga oshirilayotgan isloxatlarning faol ishtirokchisiga aylanishlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Talaba-yoshlar tomonidan ayollar madh etilgan she’rlar aytildi, bugungi islohotlarga bildirilgan munosabatlar barchaga birdek manzur keldi.

Ijtimoiy-psixologik ko‘makka muhtoj bo‘lgan qizlarimiz uchun yakka tartibda suhbat va “O‘tmishga sayoxat, kelajakga sayoxat” nomli so‘rovnoma tashkil etildi.  Treningni tashkil etishdan maqsad qizlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda turli xil to‘garaklarga a’zo qilish ko‘zda tutildi.

Moderator universitet xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi M.Abbasova va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvohidovalar qizlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularga baxtli va mazmunli hayot kechirishlari uchun psixologik tavsiyalar berishdi. Seminarda kutilgan natijaga erishildi.

O'qilgan 1357 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1703{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar