2023-yil 6-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Hindiston o‘quv xonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Hindistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabxat, elchixona xodimlari, Samarqandda istiqomat qilayotgan Hindiston fuqorolari hamda universitetimizning Hindistonlik talabalari ishtirok etishdi. Ochilish marosimidan so‘ng “Hindiston oziq-ovqat turizm” tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hindiston o‘quv xonasining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki, madaniy va ta’lim yo‘nalishlardagi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etadi. Endilikda mazkur Hindiston o‘quv xonasi ikki davlat yoshlarining o‘zbek va hind tillarini o‘rganishida, madaniy bilimlarini boyitishlarida o‘ziga xos akselerator bo‘lib xizmat qiladi.
Kelgusida Hindistonning nufuzli universitetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi va oliy ta’lim sohasida tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilishi, albatta, har ikki tomon yoshlari uchun manfaatlidir. Samimiy va ochiq muloqot ruhida olib borilgan muloqotda aynan ushbu rejalar xususida so‘z bordi.