×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 10 Iyul 2023 20:04

Germaniyalik mutaxassis o‘zining rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Yurtimizda o‘tkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlarida Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasi Kengashi aʼzosi Kristian Grosse xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. U joriy yilning 10-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, mamlakatimizda nafaqat ko‘hna qit’a, balki butun dunyoda yetakchi sanalgan bu o‘lka bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani sir emas.

Xususan, Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasi bilan turli masalalarda muzokaralar olib borilgan. Nemis tadbirkorlari O‘zbekiston hukumatining investitsiya muhitini yaxshilash, meʼyoriy-huquqiy maydonni takomillashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashdagi harakatlarga ijobiy baho berdi, shuningdek, respublikadagi faoliyatini kengaytirishga tayyorligini bildirgandi.

Janob Kristian Grossening universitetga tashrifi esa bu borada navbatdagi qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

Mehmonni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumot berdi.

Turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan zamonaviy universitet menda juda katta taassurot qoldirdi, - deydi Germaniya O‘rta va kichik biznes Federal assotsiatsiyasining Kengashi aʼzosi Kristian Grosse. Аqlli kampusda talabalarning bilim olishi, ularning yetuk mutaxassis bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston-Germaniya davlatlari o‘rtasida turizm va taʼlim sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimga maqsad qildim. Bundan tashqari, universitet haqida tahliliy maqola yozishni ham reja qilayapman.

Muloqot chog‘ida universitet maʼmuriyati olmoniyalik mutaxassis bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnunliklarini bildirdi. Yurtimiz tarixi, buguni va boshqa jihatlari haqida zarur maʼlumotlarni olishda yaqindan ko‘mak berishga kelishib olindi.

O'qilgan 1173 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1778{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar