Joriy yilning 8-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm vamadaniy meros xalqaro universitetida rassom Vasiliy Zaxarskiyning turli davrlarga oid grafik asarlardan tashkil topgan “Hayot lahzalardan iborat” deb nomlangan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma Urganch shahridagi O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.
Ta’kidlash joizki, ushbu muallifning ijodiy ishlari tasviriy san’atni yanada ommalashtirish, talaba yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida universitetimizga hamda Urganch shahridagi O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyiga doimiy saqlash uchun tuhfa qilingan. Tadbirda rassomning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tildi va asarlar mazmun-mohiyati yuzasidan qiziqarli fikrlar aytildi. Ko‘rgazma so‘nggida ishtirokchilar rassom qalamiga mansub ijod namunalarini tomosha qilishdi.