Joriy yilning 11-sentabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kendashi tomonidan oliygohda faoliyat yuritayotgan olimalar, ma’rifatparvar ayollar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan birgalikda Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlari ishtirokida "XXI asr ayoli" shiori ostida “Baxtli oila formulasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida mamlakatimizdagi xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa, talaba yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash kabi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadbirda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasovaning "Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” va “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish” mavzularidagi ma‘ruzalarida xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qo‘shimchalar kiritganligi xususidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek davra suhbatida Turizm menejmenti fakulteti boshlig’i R.Toshniyozova "Ilm saodat kaliti", “Tarix va madaniy meros kafedrasi” mudiri M.Sidikova “Madaniy meros yo’nalishiga oid to’garaklar faoliyatining ahamiyati”, unversitet axborot resurs markazi etakchi mutaxassisi A.Izbasarova “O‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron bazalari” kabi mavzularidagi ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirda oliygohimizning “Qizlarjon” va “Ledir qizlar klubi” sardorlarining klub faoliyati haqidagi fikrlari tinglanib, Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi talaba-qizlarini ham ushbu klublarga a‘zo bo‘lishlari taklif qilindi.