Juma, 15 Sentyabr 2023 12:15

Universitetimiz o‘qituvchisi xalqaro forumda faol ishtirok etdi

2023-yil 31-avgust kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch boʻyicha kengash Kotibiyatining faol koʻmagida Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida CICA-2023 Yoshlar taraqqiyoti forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda Turizm menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Sanjar Mardonov onlayn tarzda faol qatnashib,  o'z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Forumda mazmunli taqdimot nutqi hamda faol ishtirok etganligi hamda mazkur loyihani qo'llab-quvvatlaganligi uchun S.Mardonovga tashkilotchilar nomidan minnatdorchilik maktubi yuborildi. Tashakkurnoma xatida universitetimiz bilan turli shakl va sektorlarda yaqinroq aloqa va hamkorlik qilish istagi bildirilgan.

O'qilgan 944 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar