Dushanba, 18 Sentyabr 2023 13:19

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yangi o‘quv yili boshlandi

Yangi o‘quv yili oldidan oliygohimizdagi barcha kafedralar, dekan va bo‘lim boshliqlari yangi o‘quv yiliga zarur bo‘ladigan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi.  Oliygohimizda “Orientation week” ya’ni tanishuv haftaligi uyushqoqlik bilan tashkil qilinib, uning doirasida ko‘plab ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.

Yangi o‘quv yili ochilish marosimida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov so‘z olib, barcha yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lganligi bilan samimiy tabrikladi va o‘quv yilini rasman ochiq deb e’lon qildi.

Shuningdek tadbirda oliygohning o‘quv masalalari bo‘yicha prorektor prof. J.Hoffman, хorijiy o‘qituvchilardan R.Darius, Nargiz Nurulla va boshqalar ham yangi o‘quv yilida  amalga oshiriladigan o‘quv jarayonlari xususida gapirdi.

O'qilgan 869 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar