Joriy yilning 12-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistranti va xodimi Nigora Asadova Xitoy davlati poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo”-2023 inson huquqlarini rivojlantirish forumida ishtirok etdi. Ushbu forumda Markaziy Osiyo va Xitoyda inson huquqlari va hamkorlik sohasidagi yetakchi ekspert va faollar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, universitetimiz magistranti Nigora Asadova mamlakatimizda inson huquqlarini yuksaltirish, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishi haqidagi ma’ruzasi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro fikr almashishga xizmat qildi.
Forum doirasida Nigora Asadova 7-11-sentabr kunlari Xitoyning Chongqing shahrida inson huquqlari bo‘yicha mahalliy mutaxassislar va faollar bilan o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan birga, ushbu sohadagi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashabbuslar bilan tanishdi.
“Bu kabi yirik anjumanlar biz yoshlarni inson huquqlarini rivojlantirish sohasidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”-deydi universitetimiz xodimi Nigora Asadova.